Partiya hududiy kengashlar faoliyati tanqidiy ruhda o‘rganilmoqda

06.10.2022, 11:12

Partiya hududiy kengashlar faoliyati tanqidiy ruhda o‘rganilmoqda

O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Viloyatning barcha tuman, shahar apparat rahbarlari, deputatlar, mas’ul xodimlari ishtirok etgan tadbirda partiya hududiy kengashining o‘tgan vaqt mobaynida qilingan ishlari muhokama qilindi.

Yig‘ilishni O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Yoshlar bilan ishlash bo‘lim mudiri Jamshid Jalolov hamda apparat rahbari Sh.Bozorboyeva olib bordilar.

Partiya tomonidan joriy yilning to‘qqiz oyi davomida amalga oshirilgan ishlari hamda kelgusidagi dolzarb vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan tahliliy-tanqidiy o‘tgan mazkur yig‘ilishda siyosiy faoliyatimizda elektorat va deputatlarning faolligini oshirish, davlat va jamiyat ahamiyatidagi dasturlar ijrosiga yanada mas’uliyat bilan yondashish muhim vazifa ekanligi alohida qayd etildi.

Eng muhim vazifalardan biri sifatida partiyaning boshlang‘ich tashkilotlari, mahalliy kengashlardagi deputatlik guruhlarning faolligini oshirish, yangi a’zolarni ko‘paytirish, deputatlarning aholi murojaatlari bilan ishlash, nazorat tahlil tadbirlarni yo‘lga qo‘yish, deputatlik so‘rovlar, mutasaddi rahbarlarning hisobotlarini muntazam eshitib borish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Qizg‘in bahs-munozaralarga boy o‘tgan yig‘ilishda partiyaning dasturiy maqsadlaridan kelib chiqib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    259
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+