Ishchi guruh: Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati o‘rganildi, yangi a’zolar qabul qilindi

07.10.2022, 10:19

Ishchi guruh: Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati o‘rganildi, yangi a’zolar qabul qilindi

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Siyosiy ta’lim markazi rahbari Nasim Alimov Olot tumanidagi “Parvoz Xumo Ravnaq Trans” MChJ paxta to‘qimachilik klasteriga qarashli yog‘-moy zavodida bo‘ldi. Korxona mehnat jamoasi a’zolari bilan suhbat davomida xitoy texnologiyasi asosidagi asbob-uskunalar bilan jihozlangan ushbu ishlab chiqarish sub’ekti faoliyati bilan ham qiziqdi.

Ma’lumki, bundan bir muncha vaqt oldin  ushbu paxta to‘qimachilik klasteri tomonidan tumanda 6 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ evaziga yog‘-moy zavodi  qurilib ishga tushirilgan edi. Bugungi kunda bu yerda  150 nafar qishloq yoshlari doimiy ish bilan ta’minlangan.

Uchrashuvlar davomida butun mamlakatimizda bo‘lganidek, ushbu tumanda, xususan tadbirkorlik sub’ektlarida, jumladan, mazkur zavodda ham mehnat ahlini rozi qilish maqsadida olib borilayotgan ishlar o‘z samarasini berayotganligi ta’kidlandi. Ish-xizmatchilar uchun mehnat va dam olish sharoitlarining yaratilganligi, zamonaviy asbob-uskuknalarning ish jarayonida qo‘llanilayotganligi belgilangan reja topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa aholini muhofazalashga qaratilgan partiyaning dasturiy maqsad va vazifalariga to‘la mos keladi. Shu maqsadda yog‘-moy zavodida ham O’zLiDeP  boshlang‘ich tashkilotini tuzishga kelishib olindi. Zavod ishchi xizmatchilaridan 30 nafari partiyaga a’zo bo‘lish istagini bildirdilar.

Ishchi guruh vakillari tuman markazida barpo etilayotgan “Olot Siti” qurilishi bilan ham tanishdilar. Mazkur hududda yaqinda o‘z ish faoliyatini yo‘lga qo‘ygan davlat xususiy sherikchiligi asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, u yerdagi tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va ta’lim–tarbiya jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar. Ushbu ta’lim-tarbiya muassasasini barpo etish tashabbuskori bo‘lgan – “Marjona” xususiy korxonasi rahbari 82 yoshli Z.Cho‘lliyeva bilan suhbatda bo‘ldilar. Mazkur MTTda hozirgi paytda 120 nafardan ortiq-o‘g‘il qizlar tarbiyalanmoqdalar. 

Xuddi shunday uchrashuvlar viloyatning Qorako‘l, Jondor va Romitan tumanlarida ham bo‘lib o‘tdi.

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    372
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+