https://uzlidep.uz/news-of-party/13255

15.10.2022, 11:39

https://uzlidep.uz/news-of-party/13255

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi mas’ul xodimi S.Muslimova va Namangan viloyat Kengashi xodimlaridan tarkib topgan ishchi guruhi a’zolari O’zLiDeP Norin tuman kengashida bo‘ldilar. Kenngash raisi hamda apparat rahbari bilan suhbat o‘tkazildi. Ular tuman Kengashi va boshlang‘ich tashkilotlarda amalga oshirilgan ishlar  haqida axborot berdilar.

So‘ngra guruh a’zolari  tuman maktabgacha ta’lim muassasasi va  “Uzteks” korxonalarining ishchi-xizmatchilari bilan muloqot uyushtirdilar. Muloqot davomida ularga partiyaning dasturida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar haqida tushuncha berdilar.

Keyingi manzil Uchqo‘rg‘on tumani Fermer xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi  bo‘ldi. Bu yerda kengash raisi B.Dadaxonov bilan suhbatlashildi. Fermer xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, bog‘dorchilik, chevarchilik, parrandachilik bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Shuningdek, muloqot asosida partiya a’zolari sonini yanada ko‘paytirish, partiyaviy tadbirlar samaradorligini yanada oshirish borasida kelishib olindi.

Shundan so‘ng ishchi guruh tumandagi maktabgacha ta’lim muassasasi va “Uzteks” korxonalari xodimlari bilan ham muloqot o‘tkazdilar.

Shu tumandagi "Istiqlol" mahallasida yashovchi Tolibjon Xolmatov xonadonidagi uchrashuv ham qiziqarli kechdi. Bu xonadon egasi Belorusda yetishtiriladigan "Golubika" navli "Yagida" mevasi ko‘chatlarini O’zbekiston sharoitiga moslashtirib yetishtiryapti ekan. Unga tavsiya va maslahatlar berildi.

Kunning ikkinchi yarmida ishchi guruhi a’zolari Uychi tuman xalq ta’limi mudiri bilan uchrashib sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida fikrlashdilar. Shuningdek, xalq ta’limi xodimlarini partiya a’zoligiga qabul qilish, azolik badallari tushumini ta’minlash masalasida o‘zaro kelishib olindi.

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    331
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+