Til — ma’naviyat ko‘zgusi
18.10.2022, 09:37
Davlatimiz rahbari tomonidan 2019 yil 21 oktabr kuni «O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilingan edi. Unga binoan 21 oktabr sanasi yurtimizda «O’zbek tili bayrami kuni» deb belgilanishi mamlakatimizning yangi tarixi, yangi taraqqiyot bosqichida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning ishonchli samarasi hamda mustaqil Vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, madaniy-ma’naviy hayotida muhim o‘rin egallab kelmoqda.
O’zLiDeP Toyloq tuman Kengashi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi bilan hamkorlikda tumandagi 69932- sonli harbiy qismda 21 – oktabr – O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan “Til — ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
Tadbirda partiya faollari ona tilimizning istiqboldagi taraqqiyotiga oid ma’lumotlari, davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzi haqida o‘z fikr mulohazalarini yuritishdi. Zero, til har bir millatning eng qadrli boyligi, uning ma’naviy qiyofasi, madaniyati, ichki dunyosini aks ettiruvchi muhim vositadir.
Tadbir yakunida tuman “Qo‘shchinor” gazetasi muharrir o‘rinbosari, ijodkor – shoir Abdullo Nisorov o‘zbek tili haqida yozgan she’rlaridan o‘qib berdi.
Akmal Mirzoyev,
O'zLiDeP Toyloq tuman Kengash raisining
birinchi o‘rinbosari - apparat rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Xalqaro investitsiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi bosqichga olib chiqadi
02.05.2024, 16:34
-
Navoiylik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
02.05.2024, 16:27
-
Kattaqo‘rg‘ondagi tibbiyot, kasb-hunar va xususiy maktablar faoliyati o‘rganildi
02.05.2024, 13:46
-
“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining mahalla bosqichlari yangi-yangi nomlarni kashf etayotir
01.05.2024, 09:34
-
Deputat bilan uchrashuv: mahalla yettiligi qanday ishlayapti?
01.05.2024, 09:32
Fikringizni qoldiring