Yuksak ma’naviyatli va axloqli yoshlar – porloq kelajak poydevori

24.10.2022, 16:22

Yuksak ma’naviyatli va axloqli yoshlar – porloq kelajak poydevori

O’zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi tashabbusi bilan Urganch shahridagi Xarratov nomidagi musiqa bilim yurtida “Yuksak ma’naviyatli va axloqli yoshlar – porloq kelajak poydevori” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan mazkur uchrashuvda globallashuv sharoitidagi xavf-xatarlar va mafkuraviy xurujlar haqida so‘z borar ekan, Prezident ma’rifatparvar bobomiz Fitratning “Bu dunyo kurash maydonidir. Sog‘lom tan, o‘tkir aql va yaxshi axloq bu maydon qurolidir”, degan so‘zlari yodga olindi.

Xalqimizning ulug‘vor qudrati jo‘sh urgan hozirgi zamonda O’zbekistonda yangi bir uyg‘onish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda. Uning haqiqiy bunyodkorlari bu yurtimizda kamol topayotgan yoshlardir.

O’zbekistondagi yoshlarga oid davlat siyosati bugun o‘z amaliy ifodasini ko‘rsatmoqda. Bunga yoshlar bandligini ta’minlash, ularni oliy ma’lumotli qilish, kasb-hunar o‘rgatish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun ko‘maklashish, kreativ g‘oyalar, startap loyihalarni amalga oshirishni rag‘batlantirish, bolalarni sog‘lom voyaga yetkazish kabi ko‘plab yo‘nalishlarda guvoh bo‘lishimiz mumkin. Tadbirda mazkur tizimli ishlarni davom ettirish, har tomonlama shijoatli, ilmga chanqoq  yoshlarni tarbiyalash, iqtidorlilarni ko‘llab-quvvatlash bunda yoshlarning tashabbuskorligini oshirish lozimligi alohida ta’kidlandi. 

Tadbir davomida mazkur bilim yurti o‘quvchilari ishtirokida intelektual o‘yini ham tashkil etildi. Faol ishtirok etgan yoshlar partiyaning estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shuxrat Atajanov,

O'zLiDeP Xorazm viloyat   Kengashi tashkiliy,

partiyaviy va istiqbolli kadrlar bilan  ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    741
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+