Korxonada yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi

27.10.2022, 15:26

Korxonada yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi

O'zLiDeP Samarqand shahar Kengashi hamda partiya Yoshlar qanoti hamkorligida "SAM-ANTEP-GILAM" korxonasida “Yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilishda O'zLiDeP “Yoshlar qanoti” ning o‘rni va roli” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda viloyatdagi tadbirkorlar, deputatlar, yoshlar so‘zga chiqib,  mamlakatimizda yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ularning manfaatlarini yanada to‘liq ta’minlash va huquqlarini himoya qilish, tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, ayniqsa yoshlarni, xususan tadbirkorlikka qiziqishi bor hunarmand o‘g‘il - qizlarni  tadbirkorlikka jalb etish, bu borada yaratib berilgan imkoniyat va shart-sharoitlardan unumli foydalanish va bank muassasalari tomonidan kam foizli kredit mablag‘lari berib kelinayotganligi kabi qulayliklar haqida to‘xtalib o‘tdilar.

Tabir davomida "SAM-ANTEP-GILAM" korxonasi faoliyati bilan tanishildi, uchrashuv jarayoni o‘ziga xos bahs – munozara usulida tashkil etilib, yoshlarga tadbirkorlik faoliyati turlari va yo‘nalishi, ishni tashkil etish haqida huquqiy maslahatlar berildi hamda tadbirkorlik borasidagi barcha savollarga  viloyatdagi tajribali tadbirkorlar o‘z taklif tavsiyalarini bildirishdi.

Fazliddin G’aybullayev,

O'zLiDeP Samarqand shahar Kengash raisining

birinchi o‘rinbosari - apparat rahbari

  • Ko'rildi
    271
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+