Cho‘p suqsang, ko‘karadigan yerimiz bor

24.03.2018, 18:46

Cho‘p suqsang, ko‘karadigan yerimiz bor

Tomorqadan unumli foydalanish O‘zLiDePning diqqat markazidagi masalalardan biri hisoblanadi. “O‘zLiDeP boshlang‘ich tashkilotlari o‘z tomorqasida tadbirkorligini boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasi doirasida partiya Guliston tuman Kengashidagi “Beshbuloq oltin xirmoni” fermer xo‘jaligidagi boshlang‘ich partiya tashkiloti Beshbuloq mahallasida istiqomat qiluvchi Nurullo Husanovga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun amaliy yordam ko‘rsatdi.

 Nurullo Husanov oila a’zolari bilan sakkiz sotix yerda issiqxona tashkil yetib, ming tup pomidor parvarishlamoqda va o‘z tomorqasini muhim daromad manbaiga aylantirib, mahalliy bozor to‘kinligini  ta’minlashga ulush qo‘shmoqda.

— O‘tgan yili O‘zLiDeP faollari ko‘magida 20 tup limon, 2 tup apelsin ko‘chatini ekkandik, - deydi Nurullo Husanov. – Ular hosilga kirgunicha, yerdan yanada unumli foydalanish maqsadida ular orasiga avvaliga ko‘kat ekdik. Ro‘zg‘orimizni qish bo‘yi yangi uzilgan turli-tuman ko‘katlar bilan ta’minlagan bo‘lsak, undan tashqari mahallamiz do‘konlariga ham sotdik.

Hozirda 8 sotixli tomorqaning yarmini egallagan zamonaviy issiqxonada limon, mandarin, apelsin yetishtirilmoqda. Qolganida esa olma, xurmo, anor, uzum, olcha kabi o‘ndan ortiq mevali daraxtlar parvarishlanmoqda.

— Avvalo, O‘zLiDeP faollariga katta rahmat. Ular hashar yo‘li bilan tomorqalarda ekin ekish uchun barcha sharoitlarni yaratib berdi, —deydi “Beshbuloq” mahalla fuqarolar yig‘inining jamoatchiik nazorati va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha komissiya raisi Olim Xudoyqulov. —Ular Nurullo Husanov hovlisini qum va toshlardan tozalab, o‘rniga tuproq to‘kib, dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun zarur shart-sharoit yaratib berishdi.

Tomorqaning har qarichidan unumli foydalanayotgan xonadon ahli o‘tgan bir yilda birgina issiqxonadan o‘n million so‘mdan ortiq sof daromad oldi.

Shu kabi hayrli va amaliy ishlar respublikamizning barcha viloyatlarida davom ettirilmoqda.

Ramazon Abdusamiyev,

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

boshlang‘ich partiya tashkilotlari bilan

ishlash guruhi rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1601
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+