Deputatlar o‘z saylov okruglaridagi 150 nafar fuqarolarga ijtimoiy yordam ko‘rsatdi
28.10.2022, 15:59
So‘nggi yillarda mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Ayni shu maqsadda 2022 yil 25 iyulda Prezidentimizning “O’zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Farmon bilan aholi uchun majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, ehtiyojmand qatlamlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish belgilab berildi.
Zero, ko‘makka muhtoj insonlarga yordam berish insonga xos ezgu fazilatlardan biridir. O’zLiDeP saylovoldi dasturida ham ijtimoiy ko‘makka muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilgan.
Bu borada Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari Olimxon Babaxanov va G’iyosiddin Babaxanovlar tomonidan ham o‘z saylov okruglarida istiqomat qiluvchi ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar, uzoq yillardan buyon bemorlar va keksalarga muntazam ravishda ko‘mak berib kelinmoqda. Kuni kecha deputatlar tomonidan saylov okruglari hududidagi 150 nafar fuqarolarga ijtimoiy yordamlar ko‘rsatildi.
Ko‘rsatilayotgan bu kabi beminnat xizmatlar zamirida yagona maqsad- xalq farovonligi va fuqarolar manfaatlari yotadi.
O'xshash yangiliklar
-
Qo‘rg‘ontepada qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanish holati tahlil qilindi
26.01.2024, 16:23
-
Deputat ko‘magida aholi xonadonlariga ichimlik suvi yetib bormoqda
26.01.2024, 11:59
-
Deputatlik eshituvi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tdi
26.01.2024, 11:58
-
Boshqarma boshlig‘ining hisoboti eshitildi
25.01.2024, 15:34
-
Zominlik deputatlar tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbarining hisobotini eshitdilar
23.01.2024, 15:15
Fikringizni qoldiring