Namanganlik talaba yoshlar O’zLiDePni tanlashdi
28.10.2022, 16:01
O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tomonidan “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida Namangan davlat universitetining Pedogogika - psixologiya fakultetida tadbir tashkil etildi.
Tadbirni O’zLiDeP Namangan shahar Kengashi deputati Sohiba Gapparova hamda O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi yoshlar va biznez tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi mudiri Dilnoza Xolmatovalar “Yangi avlod kadrlari” loyihasi bo‘yicha va partiya dasturiy vazifalari haqida yoshlarga tushunchalar berishdi.
Ushbu loyihadan ko‘zda tutilgan maqsad oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini siyosiy jarayonlarga keng jalb etish, partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasiga tavsiya etish uchun faol yosh mutaxassislarni aniqlash, ularni mamlakatimizda huquqiy-demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish jarayoniga keng jalb etishdan iborat.
Tadbirda talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi va taklif - mulohazalarini bildirishdi.
Tadbir yakuniga ko‘ra oliygohning o‘n nafar iqtidorli talabalari partiyaning istiqbolli kadrlar zahirasiga olindi.
O'xshash yangiliklar
-
Yoshlarning biznesga qiziqishi yana-da ortmoqda
24.04.2024, 17:07
-
Talaba-yoshlarning partiya loyihalariga qiziqishi ortmoqda
09.04.2024, 19:25
-
Nukuslik yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
31.03.2024, 09:59
-
Yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
16.03.2024, 14:44
-
Deputat talabalarning ta’lim va ish bilan bandlik yo‘nalishidagi muammolari bilan qiziqdi
07.03.2024, 10:56
Fikringizni qoldiring