Buxoro tumanida mavjud 36 ta MFYlaridagi yoshlar yetakchilarining barchasi O'zLiDePni tanladi

31.10.2022, 14:31

Buxoro tumanida mavjud 36 ta MFYlaridagi yoshlar yetakchilarining barchasi O'zLiDePni tanladi

Buxoro tuman hokimligida O’zLiDeP viloyat Kengashi tashabbusi bilan  partiya tuman Kengashi hamkorligida MFYlardagi yoshlar yetakchilari ishtirokida uchrashuv tashkil qilindi.

Tadbirda O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Siyosiy ta’lim markazi rahbari N.Alimov, O’zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari B.Ochilov, partiya tuman Kengashi "Yoshlar qanoti" faollari, mahalliy Kengash deputatlari, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi vakillari hamda MFYlardagi Yoshlar yetakchilari, tuman hokimligi mas’ullari ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘z olgan partiya vakillari partiyaning dasturiy maqsad va vazifalari xususida qolaversa, Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi va uni 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” mazmun-mohiyati hamda yo‘l xaritasidagi yoshlar bilan ishlash borasidagi vazifalar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Tumandagi O'zLiDeP faollarining ham ushbu maqsadlar ijrosini ta’minlashga partiyaning saylovoldi dasturidan kelib chiqqan holda yondashishlari zarurligi ta’kidlandi. Ayniqsa Taraqqiyot strategiyasidagi 3-yo‘nalish  “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash” borasida belgilab berilgan vazifalarni tuman miqiyosida amalga oshirishda partiya faollari bilan birga mahalliy Kengash deputatlari ham har qachongidan ko‘ra faol bo‘lishlari zarurligi aytib o‘tildi.

Uchrashuv davomida Yoshlar ishlari agentligining tuman bo‘limi rahbari M.Sa’dullayeva o‘z so‘zida “Yoshlar daftari” va Yoshlar dasturlarini shakllantirish va ularning ijrosini ta’minlash, mahalla yoshlari bilan manzilli ishlab, ularni muammolarini hal etish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda tumandagi MFYlarda ushbu lavozimga yoshlarni ortidan ergashtira oladigan, sadoqatli, fidoyi nomzodlar tanlab olinganligini, yoshlar yetakchilari partiya bilan uzviy aloqada bo‘lishliklarini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir davomida Buxoro tumanidagi MFYlarida faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari partiya safiga qabul qilindi va ularga partiya a’zolik guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi. E’tiborlisi shundaki, Buxoro tumanida mavjud 36 ta MFYlaridagi yoshlar yetakchilarining barchasi O'zLiDePni tanladi.

  • Ko'rildi
    360
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+