Deputatlar xotin-qizlarning muammo va takliflarini o‘rgandi
31.10.2022, 16:06
Andijon qurilish va iqtisodiyot institutida O`zLiDeP Andijon viloyat Kengashi raisi Xurshidaxon Xalilova, Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati Umidaxon Zokirova va faol xotin-qizlar, oliygoh talabalari va o‘qituvchilar ishtirokida tadbir tashkil qilindi.
Tadbirda Andijonda ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va jamiyatdagi maqomini yuksaltirishga doir masalalar muhokama qilindi.
-Xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasida hali ko‘p ish qilishimiz lozim, - dedi OMQP deputati Umida’xon Zokirova. – Gender tenglikni ta’minlash siyosatini davom ettirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga doir islohotlarni izchil amalga oshirishda Yangi O’zbekiston strategiyasi dasturilamal vazifasini o‘tamoqda. Demak, bugun xotin-qizlarimizda odob-axloq, sharm-hayo, mehr-oqibat tuyg‘ularini shakllantirish bilan birga ularning tashkilotchi va ishbilarmon bo‘lishlari uchun ham qayg‘urishimiz muhimdir.
Tadbirda muassasa mas’ullari va ayol o‘qituvchilar Yangi O’zbekiston strategiyasida belgilangan va bugun uning ijrosini ta’minlash bo‘yicha qilinayotgan ishlar xususida gapirib, ba’zi muammolarni ham o‘rtaga tashladilar. Xususan, qizlar tarbiyasi va uning ta’lim olishida ota-ona mas’uliyatini kuchaytirish masalalar ko‘tarib chiqildi.
Yig‘ilishda xotin-qizlardan tomonidan bildirilgan fikr-mulohaza va takliflar o‘rganildi va muammolarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.
Irodaxon Tadjiboyeva,
O`zLiDeP Andijon viloyat Kengashi
bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
25.04.2024, 12:01
-
Ishbilarmon ayollar saralanmoqda
21.04.2024, 13:39
-
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti
09.04.2024, 19:52
-
Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda
09.04.2024, 19:49
-
Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga eʼtibor yana-da kuchaygan
31.03.2024, 10:51
Fikringizni qoldiring