BPT faollari “Yashil makon” umummilliy loyihasida ishtirok etmoqda

01.11.2022, 16:39

BPT faollari “Yashil makon” umummilliy loyihasida ishtirok etmoqda

Yurtimiz bo‘ylab keng quloch yoyib borayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Urgut tumanida 812 ming 500 dona manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan.

Mazkur loyiha doirasida Urgut EIZ bo‘ylab yuqori sur’atlarda nihol ekish ishlari amalga oshirilmoqda. Mavsumda ham Urgut EIZ direksiyasi xodimlari ham ushbu ezgu amallarda faol qatnashib, yangi yashil hududlar tashkil etmoqda.

O'zLiDeP Urgut tuman Kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi J.Haydarov va Urgut EIZ qoshidagi O'zLiDeP boshlang‘ich tashkiloti raisi A.Madarovlarning tashabbusi bilan  ko‘chat ekish jarayonlari qizg‘in davom etib, Urgut EIZning Sariqtepa massivi hududidagi soy bo‘yi muxofaza zonasining toshloq qismiga, 1 gektar yer maydonida 1000 ga yaqin mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari amalga oshirilmoqda.

Jahongir Xo‘jamqulov,

O'zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    315
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+