FarDU talaba yoshlari partiya safiga qo‘shildi

07.11.2022, 17:55

FarDU talaba yoshlari partiya safiga qo‘shildi

Farg‘ona davlat universitetida O'zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi tomonidan “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida “Yoshlar kelajak kadrlari” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

Unda partiya viloyat Kengashi tashkiliy, partiyaviy va istiqbolli kadrlar bilan ishlash bo‘limi mudiri S.Mahkamov hamda talaba yoshlar ishtirok etdilar.

Davra suhbatida bugungi shiddat bilan o‘zgarayotgan davrda yoshlarning qiziqishlari ilm, fan taraqqiyotida ularning ulushi va siyosiy jarayonlardagi yoshlarning faolligiga ahamiyat qaratildi.

Shuningdek, partiya dasturi, unda yoshlarga berilgan imkoniyatlar, xususan, “Yangi avlod kadrlari” loyihasining mazmun-mohiyati bo‘yicha ma’lumotlar ham berildi.

Tadbirda so‘z olgan yoshlar ham mavzu doirasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Oliygohning talaba yoshlari partiyaga o‘z qiziqishini bildirib, partiya safiga kirish istagini bildirishdi. Bir guruh yoshlarga a’zolik guvohnomalari topshirilib, kadrlar zaxirasiga olindi.

  • Ko'rildi
    354
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+