Baxmallik 100 nafarga yaqin yigit-qizlar kasb-hunarli bo‘ldi

09.11.2022, 17:47

Baxmallik 100 nafarga yaqin yigit-qizlar kasb-hunarli bo‘ldi

O`zLiDeP Jizzax viloyati Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi hamda partiya Baxmal tuman Kengashi bilan hamkorlikda 1- son kasb-hunar kollejida Taraqqiyot strategiyasining 37-maqsadida belgilangan vazifalar targ‘ibotiga qaratilgan “Hunar – hunardan zar unar”, deb nomlangan ochiq muloqot tashkil etildi.

Mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari hamda kasb-hunar maktabi qoshidagi o‘quv kurslarida tahsil olayotgan yigit-qizlar, O’smat ShFYdagi uyushmagan yoshlar ishtirok etgan yig‘ilishda Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish borasida belgilangan maqsad va vazifalar haqida tushunchalar berib o‘tildi.

Jumladan, har bir fuqaroga davlat hisobidan aniq kasb-hunarga o‘qish imkoniyatini yaratish, kasbga o‘qitish ko‘lamini 2 baravar oshirib, jami 1 million nafar ishsiz fuqaroni kasb-hunarlarga o‘qitish va bu jarayonda nodavlat ta’lim muassasalarining ishtirokini 30 foizga yetkazish kabi katta maqsadlar belgilangani hamda ayni paytda “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash jarayonida bu borada tumanda ham muayyan ishlar amalga oshirilayotgani, ko‘plab sharoitlar yaratilayotgani ta’kidlab o‘tildi.

Misol uchun, shu kungacha kasb-hunar maktabi qoshidagi o‘quv kurslarini turli xil yo‘nalishlarda 100 nafarga yaqin yigit-qizlar bitirib, o‘zlari tanlagan kasb-hunar egalariga aylangani aytib o‘tildi.

Tadbir davomida yoshlarni kasb-hunar egallashga da’vat qilinib, ular tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javoblar qaytarildi.

Bahrom Bobojonov,

O`zLiDeP Baxmal tuman Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    565
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+