Talaba yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘ldi
09.11.2022, 18:55
O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi tomonidan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida "Yangi avlod kadrlari" loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etildi.
O’tkazilgan suhbatda universitet talabalarini siyosiy jarayonlarga keng jalb etish, ularni siyosiy partiya faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasiga tavsiya etish uchun faol yosh mutaxassislarni aniqlash borasidagi ishlarni tizimli amalga oshirish haqida gapirildi. Shuningdek, bugun yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, qat’iy pozitsiyaga ega yoshlar mamlakatning ertangi taraqqiyotida tobora hal qiluvchi kuchga aylanib borayotganligi haqida gapirib o‘tildi.
Targ‘ibot jarayonida talaba yoshlarning fikr-mulohazalari va takliflari ham tinglandi. Partiyaga qiziqish bildirgan faol yoshlarni a’zolikka qabul qilishga kelishib olindi.
Ma’lumot uchun, hozirgi kunda mazkur dargohda 6 ta ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha jami 1068 nafar talabalar tahsil olishmoqda.
O'xshash yangiliklar
-
Yoshlarning biznesga qiziqishi yana-da ortmoqda
24.04.2024, 17:07
-
Talaba-yoshlarning partiya loyihalariga qiziqishi ortmoqda
09.04.2024, 19:25
-
Nukuslik yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
31.03.2024, 09:59
-
Yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
16.03.2024, 14:44
-
Deputat talabalarning ta’lim va ish bilan bandlik yo‘nalishidagi muammolari bilan qiziqdi
07.03.2024, 10:56
Fikringizni qoldiring