Mahallaning 43 nafar xotin-qizlari bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
18.11.2022, 18:12
2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasining Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish yo‘nalishida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, O’zLiDeP Taxiyatosh tuman Kengashi tomonidan “Sog‘lom oila -mustahkam oila” loyihasi doirasida “Sog‘lom ayol – jamiyat kelajagi” mavzusida 50-sonli ko‘p tarmoqli oilaviy poliklinikada xotin-qizlar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.
Maqsad esa xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash, ularni doimiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, kasalliklarni erta aniqlash va shu orqali ularni oldini olishga qaratilgan.
Bugungi kunda “Naymanko‘l” ovul fuqarolar yig‘inida 11 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladigan bo‘lsa, shundan ayollar soni 5 ming 560 nafar, yoshlar esa 1 ming 118 nafarni tashkil etadi.
Firtil yoshidagi ayollar soni esa 2 mingdan ziyod. Mazkur tibbiyot birlashmasida aholi salomatligini mustahkamlash yo‘lida 8 ta shifokor faoliyat olib bormoqda.
Grafik asosida chekka hududlarga har oyda aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida sayyor tibbiy ko‘riklar tashkil qilinmoqda. Tibbiyot birlashmasi zarur bo‘lgan dori-darmonlar bilan ta’minlangan.
Chekka hududda tashkil qilingan bepul tibbiy ko‘rikda 43 nafar firtil yoshidagi xotin-qizlarimiz tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
25.04.2024, 12:01
-
Ishbilarmon ayollar saralanmoqda
21.04.2024, 13:39
-
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti
09.04.2024, 19:52
-
Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda
09.04.2024, 19:49
-
Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga eʼtibor yana-da kuchaygan
31.03.2024, 10:51
Fikringizni qoldiring