Baxshilar maktabida yangi a’zolar qabul qilindi
25.11.2022, 16:53
O’zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” hamda O’zLiDeP Termiz shahar Kengashi Termiz shahridagi Baxshilar maktabida “Xotin-qizlar masalasi doim e’tiborda!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda partiya faoli Sadoqat Temirova “Ayollar daftari” orqali xotin-qizlarning muammolarini hal etish amaliyotini o‘rganish va tahlil qilish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Qolaversa, o‘zini o‘zi band qilish yoki yakka tartibdagi tadbirkorlikning qanday yo‘nalishlari borligi haqida ham ma’lumot berildi.
Bugungi kunda ishlaydigan, zamonaviy xotin-qizlarimiz safi kengayib bormoqda. Ammo, ishdan tashqari vaqtda qo‘shimcha hunar yoki kichik tadbirkorlik bilan shug‘ullanish ham ziyon qilmaydi. Bu uchun barcha imkoniyatlar mavjud bo‘lgan davlatda yashayotgan ekanmiz, demak ulardan foydalanishimiz zarur. Axir xonadonlar farovon, odamlar to‘q yashasa, bu davlatga ham foyda bo‘lishini Prezidentimiz bot-bot aytyapti. Partiya vakillari Baxshichilik maktabida faoliyat yuritayotgan ayollarga ushbu imkoniyatlar haqida ham so‘zlab, yo‘nalish berishdi.
Tadbir davomida O’zLiDeP bu masalada xotin-qizlarimizga ko‘makchi bo‘lishini, uning maqsad-vazifalari nimalardan iborat ekanligi targ‘ib qilindi. Shundan so‘ng, Baxshilar maktabi direktori Dilmurod Choriyev boshchiligida 22 nafar o‘qituvchi partiya safiga qabul qilinib, ularga partiyaning a’zolik guvohnomalari topshirildi.
O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Ta’lim sohasi vakillari partiya targ‘ibotida faol
09.04.2024, 20:15
-
“Bunyodkor tekstilda” quyi bo‘g‘in faoliyati jonlanmoqda
08.04.2024, 17:01
-
217 nafar partiya a’zosi bo‘lgan korxonadagi quyi bo‘g‘inning faoliyatiga baho berildi
05.04.2024, 12:57
-
Viloyat hokimi o‘rinbosarining hisoboti eshitildi
04.04.2024, 11:09
-
Buxorolik maslakdoshlarimiz safi tobora kengayib bormoqda
02.04.2024, 16:56
Fikringizni qoldiring