Deputatlar “mahallabay” va “fuqarobay” tizimi asosida ish tashkil etmoqda

23.12.2022, 16:32

Deputatlar “mahallabay” va “fuqarobay” tizimi asosida ish tashkil etmoqda

2022 yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida mahalliy Kengash deputatlari Olimxon Babahanov, G’iyosiddin Babahanov va Qobiljon Dadabayevlar tomonidan saylov okrugi hududida “mahallabay”, “fuqarobay” asosida aholi murojaatlarini o‘rganish va ularni hal etishga ko‘maklashish tizimli ishlar tashkil etib kelinmoqda.

Ayni shu maqsadda deputatlar tashabbusi bilan dekabr oyining o‘tgan davrida Sharq Tongi, Amir Temur, G’ishtko‘prik, Madaniy va Orzu mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Uchrashuvlarda aholiga yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar, kredit olish hamda  “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom” haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Uchrashuvlarda fuqarolardan 15 dan ortiq murojaatlar bildirildi. Jumladan, “Namangansoy” ko‘prigining aholi yuradigan qismi avariya holatiga kelib qolgani, undan foydalanish fuqarolar ayniqsa yosh bolalar uchun havfli ekanligini sababli, ko‘prikni ta’mirlash hamda Samarqand ko‘chasining Chorsu dehqon bozoriga kirish qismida yog‘ingarchilik kunlari suv to‘planishi oqibatida yo‘ldan foydalanish imkonsiz bo‘lib qolayotganligi sababli, ko‘chaning ushbu qismini shag‘allashtirish masalasida yordam berish bo‘yicha bildirilgan murojaatlar asosida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi, ijrosi nazoratga olindi.

Ish so‘rab murojaat etgan 5 fuqarolar “Art Soft Tex” ishlab chiqarish korxonasiga ishga taklif etildi. 8 ta murojaatlar bo‘yicha xuquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi.

  • Ko'rildi
    283
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+