O’zLiDeP hududiy kengashlardagi “Ayollar qanoti” faoliyati sarhisob qilinmoqda
10.01.2023, 16:16
Toshkent shahar, tuman Kengashlaridagi ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda o‘tgan yildagi faoliyati sarhisob qilindi hamda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” Davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan O’zLiDeP “Ayollar qanoti” oldida turgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O’zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati joylarda xotin-qizlar o‘rtasida keng targ‘ib qilishga e’tibor karatish zarurligi ta’kidlandi.
O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish bo‘limi hamda OzLiDeP tuman Kengashlaridagi raisning Ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida yillik va birinchi chorak uchun tuzilgan ish reja loyihalariga takliflar kiritildi.
Shuningdek yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, aholiga yaratilayotgan imkoniyatlar va shart-sharoitlarni keng aholi o‘rtasida targ‘ib qilish, har bir mahallada ishsiz, uyda o‘tirgan xotin-qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb qilish orqali ularning bandligiga ko‘maklashish, ayollarning huquqiy, iqtisodiy va siyosiy savodxonligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Xotin-qizlarining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ishtiroki va faolligini oshirish, ma’naviy salohiyatini yuksaltirish borasida fikr-mulohazalar bildirilib, amaliy takliflar ishlab chiqildi. Ayollar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga ham ahamiyat qaratildi. Hududlarda hurmatga sazovor bo‘lgan mahalla faollari, tadbirkor, ishbilarmon xotin-qizlarni partiya safiga jalb etish kabi masalalar yuzasidan ham galdagi vazifalar belgilab olindi.
O'xshash yangiliklar
-
Mingdan ortiq shogird tarbiyalagan ishbilarmon Madina Kasimbayeva tanlov g‘olibi bo‘ldi
14.05.2024, 14:07
-
Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
25.04.2024, 12:01
-
Ishbilarmon ayollar saralanmoqda
21.04.2024, 13:39
-
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti
09.04.2024, 19:52
-
Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda
09.04.2024, 19:49
Fikringizni qoldiring