Aholi murojaatlari o‘rganildi
18.01.2023, 15:59
Bugun mamlakatimiz hayotida xalq bilan barcha darajadagi deputatlar saylovchilar ishonchini qozonish maqsadida ularning muammolarini tinglab, baholi qudrat murojaatlarga yechim topishga harakat qilmoqdalar.
O’zLiDePdan saylangan Andijon viloyat Kengashi deputatlari ham joylarda saylovchilar bilan uchrashmoqda. Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Xafizaxon Mamarizayeva Marhamat tumanidagi “Polvontosh”, "Konchilar" va "Markaziy" MFY aholi vakillari bilan uchrashib, ularning murojaatlarini o‘rgandi.
Yuzma-yuz muloqot jarayonida aholi tomonidan gaz, elektr energiyasi va ichki yo‘llarni ta’mirlash masalasida muammolar borligi aniqlandi. Ko‘tarilgan muammolar kun ichida bartaraf qilish bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi va nazoratga olindi.
Uchrashuv davomida kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar xolidan xabar olindi va ko‘mir, birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Deputatning xayrli ishlari boshqa hududlarda ham davom etmoqda.
O'xshash yangiliklar
-
Xalqaro investisiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi, yanada yuksak bosqichga olib chiqadi
03.05.2024, 09:34
-
Xalqaro investitsiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi bosqichga olib chiqadi
02.05.2024, 16:34
-
Navoiylik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
02.05.2024, 16:27
-
Kattaqo‘rg‘ondagi tibbiyot, kasb-hunar va xususiy maktablar faoliyati o‘rganildi
02.05.2024, 13:46
-
“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining mahalla bosqichlari yangi-yangi nomlarni kashf etayotir
01.05.2024, 09:34
Fikringizni qoldiring