Iqtidorli yoshlar partiya safiga qo‘shildi

27.01.2023, 18:12

Iqtidorli yoshlar partiya safiga qo‘shildi

Bugun yurtimizda yoshlarning har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, ularni o‘z iqtidorini yuzaga chiqarish va namoyon etishiga ko‘maklashish, sifatli ta’lim olib, yetuk mutaxassis bo‘lishlari uchun keng imkoniyatlar, zarur shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.

O’zLiDeP ham Yangi O’zbekiston bunyodkorlari bo‘lgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni o‘z oldidagi eng ustuvor maqsadlardan biri etib belgilagan.

Partiya joylarda yoshlarni o‘z saflarida birlashtirarkan, ularni davlat va jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida faollikka undab, o‘z siyosiy irodalarini ro‘yobga chiqarishlarida ham qator tizimli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Xususan, hududiy partiya Kengashlari yoshlar tashkilotlaridagi kelajagimiz egalarini bir maslak yo‘lida birlashtirib kelmoqda.

Zangiota tumanidagi “Yoshlar ishlari agentligi”da O’zLiDeP Zangiota tuman Kengashi huzurida boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzildi.

O’zLiDeP safida birlashish istagini bildirgan bir guruh yoshlar yetakchilaridan iborat tarkibda tuzilgan “Yoshlar ishlari agentligi” tuman bo‘limi BPT ning ochilish marosimida so‘zga chiqqan partiya viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Davron Tulyanov bugun yurtimizda olib borilayotgan yoshlar siyosati haqida fikr yuritdi.

Bugun joylarda yoshlar yetakchisi bo‘lishdek mas’uliyatli vazifani o‘z zimmasiga olgan kadrlarga to‘la ishongan holda, bo‘lajak saylovlarda eng munosib nomzodlarini ilgari surishi, o‘zining kuchini islohotlarning natijasi har bir inson va uning oilasi hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi va bu ta’sirni ular bugungi kundayoq sezishiga yo‘naltirishini alohida qayd etdi.

Shuningdek, partiyaning “Yangi avlod kadrlari” loyihasini ham targ‘ib qilindi.

Zangiota tumanidagi mahallalarda faoliyat yurituvchi 15 nafar  iqtidorli yoshlar yetakchilarini o‘z ichiga olgan boshlang‘ich partiya tashkilotiga “Vatanparvar” MFY yoshlari yetakchisi Umidjon Nabiyev rais etib saylandi.

Tadbir so‘nggida BPT a’zolariga partiyaning a’zolik guvohnomasi, topshirildi.

Kelgusida mahallabay ishlash tizimi samaradorligini oshirish yo‘lidagi chora-tadbirlarning istiqbolli rejasi ham birgalikda ishlab chiqildi. Bu borada o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib olindi.

 Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    259
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+