Urgut tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasida partiyaning quyi bo‘g‘ini tashkil etildi

31.01.2023, 16:48

Urgut tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasida partiyaning quyi bo‘g‘ini tashkil etildi

Yo‘lsozlik — ulug‘, shu bilan birga, mashaqqatli kasb. Xalqimizning “Yo‘l qurish — savob” degan purma’no naqli zamirida ham ana shu hayot haqiqati mujassam. Negaki, kichik bir yo‘l yoki ko‘prik bunyod etilishi tufayli qanchadan-qancha odamlar mushkuli osonlashib, manzili yaqinlashadi

Bugungi kunda Urgut  tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tumanda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanish borasidagi tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida tinimsiz mehnat qilib kelmoqda.

O`zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi vakillari mazkur unitar korxona xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv jarayonida partiya safiga qabul qilinish istagini bildirgan 18 nafar korxona ishchilariga a’zolik guvohnomalari berilib, korxona qoshida O‘zLiDePning yangi boshlang‘ich tashkiloti ochildi.

Nasiba Mo‘minova,

O‘zLiDeP viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    379
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+