Yangiyo‘llik bankirlar partiya safiga qo‘shildi

06.02.2023, 17:17

Yangiyo‘llik bankirlar partiya safiga qo‘shildi

Partiya Yangiyo‘l shahar Kengashi tomonidan “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankining Yangiyo‘l filialida ham O’zLiDePning boshlang‘ich tashkiloti tuzildi.

Partiya quyi tayanch bo‘g‘inining ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar mamlakatimizning barqaror iqtisodiy taraqqiyot yo‘lidagi odimlari, xalqaro maydondagi o‘rni va nufuzi yuksalib borayotganida banklarning o‘z munosib o‘rni borligini qayd etishdi.

O’zLiDeP ham mamlakatda bank tizimi isloh qilinishi, sohaning huquqiy bazasini takomillashtirishda qator amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqib, banklarda davlat ulushining xususiylashtirilishi yo‘lida harakat qilayotganini ta’kidlashdi.

Prezidentimizning Oliy Majlis va O’zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining oltinchi yo‘nalishida ham kelgusi yilda eng yirik 10 ta kompaniya va tijorat banklarimizning aksiyalari o‘z aholimiz uchun ochiq va shaffof savdoga chiqarilishi borasida qat’iy topshiriq berilgani soha xodimlari zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklashini ta’kidlashdi.

Murojaatnomada belgilangan yana bir muhim masala – shu yil boshidan Toshkent viloyatida boshlanadigan “Mening birinchi uyim” yangi ipoteka dasturini amalga oshirishda ham “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki hududiy filiallari ipoteka kreditlarini ajratishda jonbozlik ko‘rsatishiga ishonch bildirishdi.

Viloyat iqtisodiy hayotida muhim o‘rin tutgan mana shunday banklardan birida “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankining Yangiyo‘l filiali boshqaruvchisi Inomjon Xajiyev boshchiligida faoliyat ko‘rsatib, partiya saflarida birlashish istagini bildirgan xodimlarga partiyaning a’zolik biletlari, ko‘krak nishonlari hamda BPT guvohnomasi tantanali sur’atda topshirildi.

O’z tarkibida 20 nafar partiya xayrixohini jamlagan yangi BPTga “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankining Yangiyo‘l filiali boshqaruvchisi Inomjon Xajiyev rais etib saylandi.

BPT a’zolarining partiya Ustavi, Dasturi va Partiya rahbar organlarining boshqa qarorlari bilan belgilab berilgan maqsad va vazifalarini qonun doirasida aholi o‘rtasida targ‘ib qilish va tushuntirish ishlarini olib borishda yaqin ko‘makchi bo‘lishlariga umid bildirildi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O'zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    218
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+