Oilalarda ma’naviy-ahloqiy muhitni ta’minlashda targ‘ibot-tashviqot ishlari muhimdir

07.02.2023, 16:44

Oilalarda ma’naviy-ahloqiy muhitni ta’minlashda targ‘ibot-tashviqot ishlari muhimdir

O’zLiDeP Beruniy tuman Kengashi tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazdi.

Unda  faol deputat ayollar, OFY va MFYlardagi  xotin- qizlar faollari, umumta’lim maktablari xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti rahbarlari, “Oqila ayollar” harakati qatnashchilari ishtirok etdi.

Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari, tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S. Koziyeva Prezident Murojaatnomasida ijtimioy sohani rivojlantirish borasida belgilab berilgan vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan tuman IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori S.Bekbagambetova o‘tgan yil davomida xotin-qizlar tomonidan sodir qilingan huquqbuzarliklar va jinoyatlar xususida batafsil to‘xtalib, ayollar va yoshlar orasida o‘z joniga qasd qilish, jinoyatchilik va boshqa salbiy ko‘rsatkichlar oshgan hududlarda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, ruhiy ko‘mak berish, oilalarda ma’naviy-ahloqiy muhitni ta’minlash kabi vazifalarni amalga oshirishda hamkorlikda ishlash zarurligi to‘g‘risida gapirib o‘tdi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, soha vakillaridan  batafsil  javob oldilar.                                                           

O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    285
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+