Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan uchrashuvlar, badiiy kechalar o‘tkazilyapti

09.02.2023, 18:04

Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan uchrashuvlar, badiiy kechalar o‘tkazilyapti

O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tashabbusi bilan Namangan muhandislik qurilish institutida buyuk bobomiz g‘azal mulkini sultoni Alisher Navoiy hazratlari tavalludining 582-yilligiga bag‘ishlangan "Kitob qalb xazinasi" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

Davra suhbatida so‘z olganlar ulug‘ mutafakkir shoir, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy asarlarida ilgari surilgan insonparvarlik, vatanparvarlik g‘oyalari haqida to‘xtalib o‘tdilar.

Shuningdek yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Talaba yoshlar Navoiy bobomizning ijodlaridan parchalar o‘qib berishdi. Tadbir yakunida eng faol ishtirok etgan talabalar partiyaning esdalik sovg‘alari bilan takdirlandilar.

  • Ko'rildi
    253
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+