Deputatlar dadil bo‘lsa...

17.02.2023, 10:30

Deputatlar dadil bo‘lsa...

Keyingi yillarda respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning hayotga amaliy tatbiq etilayotganini barchamiz ko‘rib turibmiz. “Inson manfaatlari – hamma narsadan ustun”, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, “Davlat – inson uchun”, degan ezgu g‘oyalar O’zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida ko‘zda tutilgan islohotlarni hayotga tatbiq etishning asosini tashkil qilmoqda.

Hech shubhasiz, tadbirkorlik, investitsiya iqtisodiyotimizning o‘sishi va yurtimizning  farovon bo‘lishida tayanch nuqtadir. Qiyoslab aytganda, tadbirkorlik faoliyati har qanday jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi lokomotiv hisob lanadi.

Mamlakatimizda erkin bozor faoliyat ko‘rsatishi uchun yaratilayotgan sharoit xorijlik ishbilarmonlarda ham katta qiziqish uyg‘otmoqda. Shu sababli ham ishonchli sheriklar tanlash, chet ellik investorlar hamkorligida korxonalar ochish, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun zarur sharoit va qulay muhit yaratish borasida ishlarni faollashtirish zarur. Ayniqsa, joylarda keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Bu O‘zLiDeP Toshkent shahar kengashi va uning barcha deputatlariga ulkan mas’uliyat yuklaydi.

Poytaxtimizda ham bu kabi istiqbolli ishlar ijrosini ta’minlashda hamda joylardagidek uchrab turgan ayrim muammolarni hal etishda partiyamiz xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatlari va tuman kengashlariga saylangan partiya deputatlik guruhlariga tayanadi. Xalq vakillari qanchalik mas’uliyatli, faol, tashabbuskor va jonkuyar bo‘lsa, ko‘zlangan maqsadlarga shunchalik tez erishamiz.

Bugun qabul qilayotgan to‘g‘ri qarorimiz ertangi kun uchun barqarorlikni ta’minlashga xizmat kiladi. Shunday ekan, Toshkent shahridagi mavjud vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirish uchun, avvalo, deputatlar, faollar namuna bo‘lishi lozim.

Partiyamiz o‘z kuchiga ishonadi va bunyodkorlar, real ishlar partiyasi sifatida buni o‘z amaliy ishlari bilan isbotlashga qodir. Unutmasligimiz lozimki, yurtimizning bugungi va ertangi kunini o‘ylab yashash, shuhratini oshirish – barchamizning ustuvor vazifamizdir.

Ravshan FAZILOV,

O‘zLiDeP Toshkent shahar  kengashi raisi, 

Xalq deputatlari  Toshkent shahar kengashi deputati

  • Ko'rildi
    357
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+