Mahalla qoshida tashkil qilingan quyi bo‘g‘in faoliyati sarhisob qilindi

17.02.2023, 15:15

Mahalla qoshida tashkil qilingan quyi bo‘g‘in faoliyati sarhisob qilindi

OʻzLiDeP Qarshi tuman kengashi qoshidagi “Paxtazor” MFY boshlang‘ich partiya tashkilotining navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda quyi bo‘g‘inning 2022 yildagi faoliyati yuzasidan hisobot berildi. 

  O`zLiDeP faollari hamma yig‘in hududidagi qishloqlarda yashovchi partiya tarafdorlari ishtirok etgan yig‘ilishda o‘tgan davrda mahalla aholisini bandligini ta’minlash, ko‘chalarni obodonlashtirish, mavjud muammolarni bartaraf etish borasida BPT tomonidan qilingan ishlar qoniqarli deb topildi.

Yig‘ilishda maslakdoshlar tomonidan amalga oshiriladigan g‘oyaviy-siyosiy, tashkiliy - partiyaviy ishlar borasida tegishli tadbirlar rejasi belgilab olindi.  

-Quyi bo‘g‘inimiz faollari tuman kengashi va deputatlarimiz bilan hamkorlikda aholini qiynab kelayotgan muammolarni maqbul yechimlarini topib, bartaraf etishda faollik ko‘rsatishayapti,- deydi BPT raisi Muhayyo Kenjayeva. – Hisobot davrida BPT faollari tomonidan tuman kengashiga taqdim etilgan 3 ta suv ta’minotini yaxshilash, yo‘llarni ta’mirlash va yosh bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish borasidagi muammolar barham topdi. Faoliyatimiz yanada jonlantirish uchun BPT xonamizni partiyaviy targ‘ibot-tashviqot vositalari bilan jihozlash, dasturiy ko‘rsatma va uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlash borasida tuman kengashiga amaliy yordam so‘rab murojaat etdik.  

    

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    165
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+