Konimexning eng olis qishlog‘ida bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi

17.02.2023, 15:20

Konimexning eng olis qishlog‘ida bepul tibbiy ko‘rik  tashkil qilindi

Momiqchi qishlog‘i Konimex tuman markazidan ancha olisda joylashgan. Yo‘l bosib tuman markaziga borib to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tishga hammada ham imkoniyat yo‘q.

O’zLiDeP Konimex kengashi tashabbusi bilan Xalq deputatlari Konimex tuman kengashidgai O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Yu.Aydarova bilan hamkorlikda “Sog‘lom oila mustahkam oila” loyihasi doirasida tumanning olis hududi bo‘lgan  “Tukkiztepa” MFYda tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Bepul tibbiy ko‘rikka malakali mutaxassislarni jalb etgan holda 80 nafarga yaqin xotin-qizlar, bolalar ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, ayollar daftarida turuvchi sog‘ligida nuqsoni borligi aniqlangan bir guruh xotin-qizlarga dori-darmon vositalari bepul berildi.

Bu kabi tibbiy ko‘riklarning olis hududlarda tashkil etilishi biz shifokorlar uchun bir oz qiyinchilik tug‘dirsa-da, aholi orasida kutilmagan yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olinishiga, turli onkologik kasalliklarning erta aniqlanishiga hamda odamlarimizda sog‘lom jamiyat rivoji uchun o‘z salomatligini nazoratga olishi kerakligini tushunishlariga xizmat qiladi, - deydi oliy toifali shifokor S. Hakimova.

O'zLiDeP Navoiy viloyati Kengash

mutbuot kotibi

  • Ko'rildi
    231
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+