Bilimdon, faol va tashkilotchi talabalar kadrlar zaxirasiga olindi
20.02.2023, 17:06
O'zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tashabbusi bilan O'zLiDeP Namangan shahar Kengashi hamkorligida, Namangan shahridagi Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti Namangan filiali talabalari ishtirokida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida uchrashuv tashkil etildi.
Davra suhbatida bugungi shiddat bilan o‘zgarayotgan davrda yoshlarning qiziqishlari ilm, fan taraqqiyotida ularning ulushi va siyosiy jarayonlardagi yoshlarning faolligiga ahamiyat qaratildi. Shuningdek, partiya dasturi, unda yoshlarga berilgan imkoniyatlar, xususan, “Yangi avlod kadrlari” loyihasining mazmun-mohiyati, partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasiga tavsiya etishda faol yosh mutaxassislarni aniqlash, yoshlarni huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, kitobxonlikni targ‘ib qilish masalariga doir fikrlar bildirib o‘tildi.
Muloqotda faol ishtirok etgan 120 nafardan ortiq talabalarning ikki nafari amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritildi, o‘n sakkiz nafar talaba yoshlar partiya safiga qabul qilindi.
Eldorbek JURAYEV,
O'zLiDeP Namangan viloyat Kengashi
bo‘limi mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Yoshlarning biznesga qiziqishi yana-da ortmoqda
24.04.2024, 17:07
-
Talaba-yoshlarning partiya loyihalariga qiziqishi ortmoqda
09.04.2024, 19:25
-
Nukuslik yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
31.03.2024, 09:59
-
Yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
16.03.2024, 14:44
-
Deputat talabalarning ta’lim va ish bilan bandlik yo‘nalishidagi muammolari bilan qiziqdi
07.03.2024, 10:56
Fikringizni qoldiring