Buxorolik talaba yoshlarning taklif va fikrlari tinglandi

21.02.2023, 15:50

Buxorolik talaba yoshlarning taklif va fikrlari tinglandi

O'zLiDeP Buxoro viloyat Kengashida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida Buxoro davlat universiteti talaba yoshlari bilan ochiq muloqot tashkil qilindi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Emma Aslonova ishtirok etib, mamlakatimizda keyingi yillarida navqiron avlod vakillariga har tomonlama yaratib berilayotgan imkoniyatlar, yoshlarga oid davlat siyosati doirasida ular faoliyatiga doir muhim qaror va farmonlarning qabul qilinishi, unda faol yoshlarning taklif va fikrlari ham o‘rin olayotganligi yoshlarga qaratilayotgan yana bir e’tibor namunasi ekanligini qayd etdi.

Shu kunlarda Prezidentimizning “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi muhokamalari qizg‘in davom etayotganligi, ushbu muhokamalarda O'zLiDeP faoli sifatida barchani o‘z takliflari bilan faol ishtirok etishga da’vat etdi.

Uchrashuvda O'zLiDeP viloyat Kengashi raisi birinchi o‘rinbosari- apparati rahbari Bobomurod Ochilov tomonidan “Yangi avlod kadrlari” loyihasi loyihaning mazmun-mohiyati, O'zLiDeP g‘oyasi, saylovoldi platformasining maqsad va vazifalari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Ta’kidlanganidek, loyihadan ko‘zlangan maqsad oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talaba yoshlar orasidan zamonaviy fikrlaydigan, ma’nan yetuk, vatanparvar, partiyaga xayrixoh, partiyaning g‘oyaviy maqsad va vazifalarini targ‘ibot etishda tashabbuskor, faol, yetarli malakaga ega bo‘lgan kadrlarni tanlash va partiya saflarini faol yoshlar hisobidan kengaytirishdan iboratdir.

Yoshlar bilan yuzma-yuz muloqot jarayonida partiyaviy loyihalarning ahamiyati, bugungi shiddat bilan o‘zgarayotgan davrda yoshlarimizning ilm-fan taraqqiyotida qo‘shayotgan ulushi va ularning faolligini yanada oshirish masalalari  bo‘yicha  fikr-mulohazalar bildirildi, ishtirokchilarning bu boradiga qator takliflari ham tinglandi. Faol yoshlarning 10 nafari partiyaning kadrlar zaxirasiga tanlab olindi.

  • Ko'rildi
    198
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+