Ishbilarmonlik sohasiga qiziquvchi yoshlar qo‘shma korxona faoliyati bilan tanishdilar

23.02.2023, 17:07

Ishbilarmonlik sohasiga qiziquvchi yoshlar qo‘shma korxona faoliyati bilan tanishdilar

O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish, tadbirkorlikka jalb qilish va biznes loyihalarini hayotga tadbiq qilishda ko‘maklashish, shu orqali yoshlarning bandligini ta’minlashda yaqindan ko‘makchi bo‘lib kelmoqda.

O‘zLiDeP Farg‘ona shahar Kengashi tomonidan tadbirkorlikka qiziqishi bo‘lgan yoshlar ishtirokida «Farg‘ona toshdan qog‘oz O’zbekiston-Xitoy» qo‘shma korxonasida uchrashuv tashkil qilindi.

Mazkur korxona rahbari Abdurahmon Niyozov yoshlarga tadbirkorlik faoliyati haqida gapirib berarkan, toshdan qog‘oz ishlab chiqarish g‘oyasi, texnologiyasiga  alohida to‘xtalib o‘tdi, bevosita ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishtirdi.

Muloqot jarayonida ekologik toza, arzon va sifatli qog‘oz ishlab chiqarish va mamlakat ichki bozorini ushbu mahsulot bilan ta’minlash, ayniqsa, bu yo‘nalishda innovatsion g‘oyalarni amaliyotga joriy etish zamonning talabi ekanligini bugungi kunda barcha tadbirkorlar anglab etayotganligini ta’kidladi.

Tanishuvdan so‘ng bo‘lajak yosh tadbirkorlar ishbilarmon bo‘lish uchun harakatdan tashqari puxta bilim va innovatsion g‘oyalar ham zarur ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qildilar.

  • Ko'rildi
    155
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+