Boshlang‘ich partiya tashkilotlarida partiyaviy faoliyat sarhisob qilinmoqda

Boshlang‘ich partiya tashkilotlarida partiyaviy faoliyat sarhisob qilinmoqda

O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining tegishli qaroriga binoan Buxoro vilotida ham partiya quyi bo‘g‘inlarining navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda.

Ularda BPT raislarining hisobotlari tinglanib, “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da belgilangan partiyaviy vazifalar rejasi tasdiqlab olinyapti.

Buxoro tuman gaz ta’minoti korxonasida faoliyat olib borayotgan quyi bo‘g‘inning hisobot saylov yig‘ilishida o‘tgan davr mobaynida korxona ishchi xizmatchilari, shu jumladan BPT a’zolari tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, yechimini kutib qolgan bir qator masalalar ham muhokama etildi. BPT raisi H.Hamdamovning bu haqidagi hisoboti tinglandi.

Korxona mehnat jamoasining o‘tgan davr mobaynida orttirgan ish tajribasi bu yilgi anomal sovuq ob-havo sharoitida amalga oshirilgan ishlarda asqotdi. Korxona tashkilotlar hamda aholiga tabiiy hamda suyultirilgan gaz yetkazilishini bir maromda ta’minlash, gaz bosimini imkoni boricha pasaytirmaslik va boshqa bir qator ishlar o‘z amaliy natijasini berib, qish faslining betalofat o‘tishida muhim ahamiyat kasb etdi.

Ayniqsa korxona ishchi-xizmatchilari va faol partiya a’zolarining hududdagi xonadonlarda tez-tez bo‘lib, gazdan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha belgilangan qoidalarga qat’iy rioya qilishlari yuzasidan olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlar tufayli tumanda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ayrim noxush holatlarning oldi olindi.

Hisobot saylov yig‘ilishida so‘zga chiqqan BPT yetakchisi H.Hamdamov va boshqa partiya faollari O`zLiDeP saylovoldi dasturiga hamohang bo‘lgan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va 2023 yilgi davlat dasturidagi dolzarb vazifalar ijrosi partiya quyi bo‘g‘ini a’zolari zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklashini ta’kidladilar.

Yig‘ilishda BPT ning hisobot davridagi faoliyati qoniqarli deb topilib, H.Hamdamov quyi bo‘g‘in yetakchiligiga qayta saylandi.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    65
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+