Maktab jihozlari qayerda?

28.02.2023, 19:00

Maktab jihozlari qayerda?

 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati  Feruza Nigmatova saylovchilar bilan uchrashish,  hududda kechayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Baxmal tumanida bo‘ldi. Tuman hokimiyatidagi saylovchilar bilan uchrashuvida hokimlik va mutasaddi tashkilotlar vakillari ham hozir bo‘lgani aholi murojaatlarini joyida hal qilish imkonini berdi. Shunday muloqot tuman Xalq qabulxonasi vakillari ishtirokida  ham tashkil etildi.

 So‘ngra hududda o‘tgan yili investitsiya dasturi asosida yangidan bunyod  etilgan  va rekonstruksiya qilingan 85 va 83-umumta’lim maktablari faoliyati bilan tanishdi. Maskanlar hali hamon to‘liq jihozlanmagani aniq bo‘ldi.      Jumladan,  83-maktabga oshxona, kutubxona, sport jihozlari yetkazib berilmagan, 85-maktabdagilar ham kompyuter va boshqa o‘quv jihozlarini intiqlik bilan kutishmoqda. Mutasaddilar bilan kamchilik sabablariga oydinlik kiritildi. Ularni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi. Deputat muammolarni o‘z nazoratiga oldi.

  • Ko'rildi
    471
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+