Aholi kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlardan foydalanadi

27.03.2023, 13:18

Aholi kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlardan foydalanadi

Shu kunlarda Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-moxiyatiyani tushuntirish yuzasidan tashviqot tadbirlari tashkil etilyapti.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavluda Iragimova Buvayda tumanida bo‘lib, tashviqot tadbirlarini olib bormoqda.

Tuman QVP xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda M.Ibragimova Yangilanayotgan Konstitutsiyada inson erki, qadr-qimmati asos qilib olinganligiga urg‘u berib o‘tdi.

Jumladan, aholi kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlardan foydalanishi ham loyihaga kiritilgan. Umuman, loyihada aholi salomatligini asrash bilan bog‘liq normalar 4 barobar ko‘paytirilmoqda. Bu aholi sog‘lig‘ini ishonchli muhofaza etish hamda onalar va bolalar o‘limi, yuqumli kasalliklar tahdidini bartaraf etishda juda muhim ahamiyatga egadir.

Deputat tibbiyot soxasida amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlarni birma- bir sanab o‘tarkan, amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson qadri uchun ekanligini alohida ta’kidladi.

Tadbirda soha egalari Bosh qomusimizga kiritilayotgan bunday  me’yorlardan minnatdor ekanliklarini bildirib, bo‘lajak referendumda faol ishtirok etishlarini bildirdilar.

Deputat M. Ibragimovaning navbatdagi tashviqot tadbiri tumandagi musiqa va san’at maktabi o‘qituvchilari bilan tashkil qilindi.

Yangilanayotgan Konstitutsiyada davlatning o‘qituvchilar sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish majburiyati kuchaytirilmoqda.

Jumladan, hujjatning 52-moddasida quyidagi norma mustahkamlanyapti: “O’zbekiston Respublikasida o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e’tirof etiladi. Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi”.

Tadbirda soha egalari Bosh qomusimizga kiritilayotgan bunday  me’yorlardan minnatdor ekanliklarini bildirib, bo‘lajak referendumda faol ishtirok etishlarini bildirdilar.

  • Ko'rildi
    91
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+