Bu mening tanlovim – bu mening Konstitutsiyam!

05.04.2023, 14:07

Bu mening tanlovim – bu mening Konstitutsiyam!

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari  G’ayrat Abdiyev, Navro‘z Rizayevlarning Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan tashviqot tadbirlarning navbatdagisi Samarqand chet tillar institutida tashkil qilindi.

Samarqand chet tillar instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi faollari, Yoshlar parlamentining viloyatdagi a’zolari, institut professor o‘qituvchilari va 3000 yaqin talaba yoshlar ishtirok etdi.

Deputatlar, partiya faollari yangilanayotgan Konstitutsiyamizning ahamiyati haqida yig‘ilganlarga keng tushuntirishlar berdi. Shu bilan bir qatorda ta’limdagi  o‘zgartish va qo‘shimchalarning kelgusida yosh avlod kamoloti va himoyasi borasida batafsil to‘xtaldi.

Oliy ta’lim tashkilotlariga akademik erkinlik berilishi, tanlov asosida davlat hisobidan bepul oliy ma’lumot olinishi, nodavlat ta’lim tashkilotlari qo‘llab-quvvatlanishi to‘g‘risidagi qoidalar yosh avlod hayotini yaxshilash, ularning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy mutaxassisliklarni egallagan holda hayotda o‘z o‘rnini topishi va shaxsiy rivojlanishi uchun imkoniyat yaratadi.

Oxirgi olti yilda oliygohlar soni 77 tadan 210 taga, ularga qabul esa, 5 baravarga ortib, talabalar soni 1 millionga, oliy ta’lim qamrovi – 9 foizdan 38 foizga oshdi. Davlat grantlari soni ham 2 baravar ko‘payib, 40 mingtaga yetdi, shundan, magistratura uchun – 5 baravar ko‘paydi.

Yangilanayotgan Konstitutsiyamizga kiritilayotgan mazkur norma davlat organlari va boshqa tashkilotlarning maktablar va o‘qituvchilar faoliyatiga asossiz aralashuvga, pedagog kadrlarning sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishiga, ularning mehnatga majburlanishiga, ta’lim-tarbiya jarayoniga to‘sqinlik qilishga, o‘qituvchilar huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha kompleks choralarni ko‘rishga xizmat qiladi, - dedi deputat Navro‘z Rizayev

Tadbir yakunida deputatlar, partiya faollari barcha tadbir io‘tirokchilarini  30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.

Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbirda viloyat madaniyat bo‘limi xonandalari, havaskor talaba yoshlar Vatan, tinchlik haqidagi qo‘shiqlarni ijro etib, ishtirokchilarga xush kayfiyat ulashdi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat  Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    567
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+