O‘zLiDeP yetakchisi Yoshlar parlamenti a’zolari bilan uchrashdi

05.04.2023, 14:13

O‘zLiDeP yetakchisi Yoshlar parlamenti a’zolari bilan uchrashdi

Xabaringiz bor, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq O‘zLiDePdan ilgari surilgan 53 nafar faol yoshlar Yoshlar parlamenti a’zosi bo‘lishga muvaffaq bo‘lishdi.

Kuni kecha Poytaxtimizdagi INNO-innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparkida O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov Yoshlar parlamentiga saylangan 53 nafar a’zolar bilan ochiq muloqot qildi.

Ochiq muloqot davomida partiya rahbari tomonidan Yoshlar parlamenti a’zolari oldida turgan eng muhim vazifalar haqida to‘xtalib, bugungi kundagi muhim siyosiy jarayon O’zbekiston Respublikasi Referendumi oldidan joylarda tashkil etilayotgan tashviqot uchrashuvida yangilanayotgan Konstitutsiya mazmun-mohiyatini aholiga ayniqsa yoshlar o‘rtasida “tengdosh-tengdoshga” tamoyili asosida to‘g‘ri, sodda va aniq yetkazish, shuningdek Yoshlar parlamenti faoliyati bo‘yicha yangi tashabbuslar va fikrlarni yuzaga chiqarish, joylarda yoshlarning muammo hamda takliflarini o‘rgangan holda qonunchilikka yangi takliflarni kiritish ilgari surildi.

Shuningdek partiyaning “Yoshlar qanoti”ga o‘quvlar tashkil etish orqali Yoshlar parlamenti a’zolarining bilim va malakalarini doimiy oshirib borish, a’zolar faoliyatini muvofiqlashtirish vazifalari yuklatildi.

Masofadan tashkil etilgan muloqot davomida hududlardan saylangan Yoshlar parlamenti a’zolari yoshlar hayotidagi muhim masalalar yuzasidan fikrlar bildirib, yangi taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

Muloqot ochiq, konstruktiv ruhda yakunlandi hamda Yoshlar parlamenti a’zolari faoliyatiga ulkan zafarlar tilandi.

  • Ko'rildi
    283
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+