“Insonga farovonlik, jamiyatga erkinlik, davlatga mas’uliyat!” shiori ostida tashviqot tadbiri o‘tkazildi

06.04.2023, 12:56

“Insonga farovonlik, jamiyatga erkinlik, davlatga mas’uliyat!” shiori ostida tashviqot tadbiri o‘tkazildi

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat va Muborak tuman kengashlari tomonidan “Insonga farovonlik, jamiyatga erkinlik, davlatga mas’uliyat!” shiori ostida Konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgartirishlar bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan referendum targ‘iboti yuzasidan tashkil etilgan tadbir  ana shunday deb nomlandi. Muborak tumanida joylashgan FVV Maxsus muhandislik qurilish boshqarmasi 5-muhandislik qurilish batalonida  tashkil etilgan mazkur tadbirda O’zLiDeP Muborak tuman kengashi raisi, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent  Panji Jalilov, tuman kengashi deputati Aktam To‘rayev va boshqalar so‘zga chiqib, referendum tushunchasining mazmun-mohiyati, yangilanayotgan Konstitutsiyamizning mamlakatimiz fuqarolari hayotida tutadigan o‘rni, yoshlarning ijtimoiy – siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan e’tibor, xalqimizning turmush tarzini yanada farovonlashishiga, inson qadrini yuksaltirishga qaratilganligi haqida batafsil fikr yuritishdi.    

- Bosh Qomusimizning  43-moddasida davlat fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘rishi borasidagi normalar o‘rin olgan, - dedi Panji Jalilov. –Prezidentimizning  tashabbuslari bilan 2016 yildan so‘ng mamlakatimizda kambag‘allik rasman tan olindi. Ularni ish bilan ta’minlash bugunning eng dolzarb vazifasi ekanligi, ishsizlikka qarshi tizimli kurashish, davlat o‘z faqarolarini bandligini ta’minlash, kambag‘allikdan chiqarish uchun professional kasb o‘rgatish mas’uliyatini o‘z zimmasiga olayotganligi Konstitutsiyamizda mustahkamlanmoqda. Ishonamanki, yaqin yillarda minglab tumandoshlarimizni mehnat va ishsizlik borasidagi huquqlari ta’minlanib, ular uchun munosib ish o‘rinlari yaratish borasida amaliy ishlar qilinadi. Yangilanayotgan Konstitutsiyamiz  – Yangi O’zbekistonimizni nurli istiqboli yo‘lidagi ezgu ishlarga butun jamiyatimizni jipslashtirishi, unda barcha qatlam manfaatlari inobatga olinganligi, loyihani ishlab chiqishda keng jamoatchilik, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ekspertlik va ilmiy doiralar vakillari, ziyolilar faol ishtirok etganligi bilan ham ahamiyatlidir.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar xalqimizning nurli istiqboli, barqaror iqtisodiy taraqqiyotimiz, el baxti va farovonligi kafolati bo‘lgan tarixiy hujjatga befarq bo‘lmasdan, barcha muborakliklarni 30 aprelda  bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirdilar.

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    189
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+