Yangi Konstitutsiya – barqaror iqtisodiy o‘sishni kafolatlaydi

07.04.2023, 16:40

Yangi Konstitutsiya – barqaror iqtisodiy o‘sishni kafolatlaydi

Bugun mamlakatimiz ijtimoiy hayotidagi muhim voqea, bo‘lajak referendum arafasida partiya tashkilotlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar mazmun-mohiyatiga bag‘ishlanib, tashkillashtirilayotgan targ‘ibot ishlari qizg‘in davom etmoqda.

“Inson-jamiyat-davlat” tamoyilini amaldagi ifodasi bo‘layotgan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini turli soha vakillari orasida keng targ‘ib qilish masadida o‘tkazilgan navbatdagi targ‘ibot tadbiri “O’zmilliybank” AJ Toshkent viloyat boshqarmasi bo‘ldi.

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi hamda “O’zmilliybank” AJ Toshkent viloyat boshqarmasi o‘zaro hamkorligida tashkillashtirilgan tadbirda so‘z olgan partiya viloyat Kengashi raisi To‘lqinjon Fayziyev amaldagi Konstitutsiyaning yangilash zarurati, qariyb 65 foizga yangilanayotgan Qomusga kiritilayotgan konseptual o‘zgartishlar xususida to‘xtalarkan, Qonun loyihasining bank tizimi faoliyatiga oid 41-, 65-, 67-, 150- va 151-moddalari yuzasidan ham tushuntirishlar berib o‘tdi.

Uning ta’kidlashicha, Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartishga ko‘ra, bundan keyin bank amaliyotlarining, omonatlarining va hisobvaraqlarining sir tutilishi, shuningdek meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi.

Konstitutsiyaga kiritilayotgan tuzatishlar xususiy mol-mulk va bank omonatlari qatorida, hisobvaraqlar va bank amaliyotlari ham davlat tomonidan himoya qilinishini belgilamoqda.

“Bank siri to‘g‘risida”gi Qonunda bank siriga uning mijozlarining (vakillarining) amaliyotlari va hisobvaraqlariga doir ma’lumotlar ham kirishi va ular bank tomonidan muhofaza qilinishi belgilangan edi.

Ushbu normaning Konstitutsiya darajasiga ko‘tarilishi uning muhofaza darajasini yanada oshiradi, barqarorligini ta’minlaydi, fuqarolarning banklarga bo‘lgan ishonchini oshiradi.

Shu bilan birga mazkur konstitutsiyaviy norma respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, respublikamiz bank-moliya tizimini isloh qilish va mustahkamlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning mantiqiy davomi hisoblanadi.

Konstitutsiyaga kiritilayotgan mazkur o‘zgartish ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini yanada oshirishga, tadbirkorlik sub’ektlari va banklar o‘rtasida to‘laqonli hamkorlik munosabatlari shakllanishiga, aholi va xo‘jalik sub’ektlarining bank tizimiga ishonchli institutsional hamkor sifatida qarashlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Targ‘ibot tadbirida “O’zmilliybank” AJ Toshkent viloyat boshqarmasi Nurafshon amaliyot bank xizmatlari markazi boshqaruvchisi Abdujabbor Abdugapparov ham o‘zining mavzu doirasidagi qiziqarli ma’lumotlari bilan o‘rtoqlashdi.

O’z fikrlarini bayon etish asnosida yangi tahrirdagi Konstitutsiyada fuqaro daxlsizligi va erkinliklari, uning huquq va majburiyatlari, oila va yoshlar masalalari bo‘yicha yangi normalar belgilab qo‘yilayotgani hamda mazkur qoidalarning muhim jihatlariga to‘xtalib o‘tdi. 

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga aniq va batafsil javoblar olishdi. 

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    312
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+