Yoshlar siyosati ustuvor

12.04.2023, 15:29

Yoshlar siyosati ustuvor

O‘zLiDeP Samarqand shahar kengashi tashabbusi bilan “Ishga marhamat” monomarkazida yoshlar va markaz xodimlari, partiya faollari ishtirokida tashviqot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Partiya faollari va deputatlar e’tirof etganidek, Yangilanayotgan Konstitutsiyada yoshlar masalasi alohida bob darajasiga olib chiqilayotgani yurtimizda yoshlar siyosati ustuvor ekanidan dalolat.

Xususan, yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta’minlash, jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantirish, ularning har jihatdan rivojlanishi, o‘z huquqlarini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlarni yaratish majburiyatini davlat o‘z zimmasiga olmoqda.

Bugungi kunda monomarkazda   servis va xizmat ko‘rsatish, texnik, qurilish, xorijiy tillar, raqamli texnologiyalar, tadbirkorlikka o‘qitish va migratsiya xizmatlari sohalari bo‘yicha jami 24 turdagi kasb-hunarga  1 650 nafar ishsiz 2, 3, 4 oylik kurslarda o‘qitilmoqda. So‘ng kasb-hunarga yo‘naltirilmoqda. 2022 yilda 2 235 nafar ishsizlar kasb-hunarga o‘qitilgach, ularning 80 foizi ish bilan ta’minlangan.

Fazliddin G’AYBULLAYEV,

O‘zLiDeP Samarqand shahar kengashi

raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    252
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+