Yangilanayotgan Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz garovi

20.04.2023, 14:32

Yangilanayotgan Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz garovi

O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov, xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi deputati, O’zbekiston Qahramoni Anorboy Eshmatov va bir guruh partiya faollari Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida bo‘lib, mahalla ahli, tomorqa yer egalari bilan uchrashib, bo‘lajak referendum hamda yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar xususida muloqot qildilar.

Arnasoy tumani Bobur mahalla fuqarolar yig‘ini hududagi namunali aholi maskanlaridan biri bo‘lib, mahalladagi mavjud 515 ta xonadonda 3457 nafar aholi istiqomat qiladi. Ularning ahilligi o‘tgan yili “Tashabbusli budjet” dasturida juda qo‘l keldi. Ular mahalla hududidan o‘tgan 1800 metrli yo‘lni asfalt qilish loyihasini ilgari surib,  g‘olib chiqishdi.

Bugungi kunda mahalladagi qaysi xonadonga kirmang, gullab-yashnab turgan tomorqalarga ko‘zingiz tushadi. Tajribali tomorqachilar yiliga ikki marta hosil olib, kaftdek yerdan ham mo‘maygina daromad olish sirlarini o‘rganishgan. Ulardan biri – Ahmadjon Murodov “Namunali tomorqachi” ko‘krak nishoni sohibi hisoblanadi.

Mahalladagi namunali oialardan biri – Shomigul G’aniyeva xonadonida tashkil etilgan muloqot chog‘ida, partiya yetakchisi dastlab yig‘ilganlarga bo‘lajak referendum va Konstitutsiyaviy qonun loyihasi to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi. Jumladan, barcha masalalar yechimi chinakam xalq ovozi bo‘lgan mahalla darajasiga tushirilishiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Ta’kidlanganidek, Yangilanayotgan Konstitutsiyada mahallalarga aholining kundalik muammolarini hal qilish bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilish vakolatlari berish, buning uchun tashkiliy va moliyaviy imkoniyatlar yaratish belgilanmoqda.

Bularning barchasi, davlat hokimiyatida hisobdorlik, shaffoflik, samarali qaror qabul qilish va uning natijadorligini oshirishga xizmat qiladi.

  • Ko'rildi
    325
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+