Barchasi yoshlar va ularning yorqin kelajagi uchun

25.04.2023, 16:50

Barchasi yoshlar va ularning yorqin kelajagi uchun

Yoshlar – bunyodkorlik salohiyatiga ega,  mamlakatimiz kelajagini tashkil etuvchi ulkan kuchdir. Shu bois ularni yanada qo‘llab-quvvatlashga e’tibor kuchaytirilib, huquq va majburiyatlari ro‘yobga chiqarilmoqda.

Navoiy davlat konchilik texnologiyalari universitetida “Konstitutsiya – barchamizniki!” shiori ostida yoshlar bilan o‘tgan uchrashuvda ana shular, xususan yangilanayotgan bosh qomusimizda yosh avlod vakillarining hukuq va manfaatlari himoyasi nechog‘li kuchaytirilayotgani xususida so‘zlandi.

Unda O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov,  parlament quyi palatasi va mahalliy kengash deputatlari hamda universitet talabalari ishtirok etishdi. Notiqlar yurtimizda so‘ngi paytlarda amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning  siyosiy kuch  dasturiga hamohangligi, qolaversa, bu ishlarni amalga oshirishda  yoshlarning alohida o‘rni borligini ta’kidlashdi. Yangilanayotgan  konstitutsiyada kiritilayotgan me’yorlarga batafsil to‘xtalishdi.

Tadbir so‘ngida yig‘ilganlarni 30 aprel kuni bo‘ladigan  referendumda  faol  qatnashishga  chorlab  qolishdi.

  • Ko'rildi
    173
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+