Saylovoldi muhim vazifalar belgilab olindi
17.05.2023, 15:49
O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya viloyat, shahar, tuman Kengashlari apparat rahbarlari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishni partiya viloyat Kengashi raisi Xurshidaxon Xalilova kirish so‘zi bilan ochib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasi boshlanganini ta’kidladi. Shu munosabat bilan O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining 12 may kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida partiyaning saylov kampaniyasida muvaffaqiyatli ishtirok etishi bilan bog‘liq masalalar muhokama etilgani, galdagi rejalar, dasturlar ishlab chiqilganligi va ularda belgilangan asosiy vazifalarga e’tiborni karatdi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O‘zLiDeP dan ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlash borasida saylovchilar imzosini to‘plash ishlarini uyushqoqlik bilan o‘tkazish kerakligi alohida ta’kidlandi.
Mamlakatimiz siyosiy maydonida o‘z o‘rni va mavqeiga ega, yetakchi partiyalardan biri bo‘lgan O‘zLiDeP saylovda o‘z nufuziga munosib tarzda ishtirok etishi lozim, - dedi u. - Mas’uliyatli siyosiy imtihondan yorug‘ yuz bilan o‘tish uchun O‘zLiDeP viloyat, shahar, tuman Kengashlari, boshlang‘ich tashkilotlar barcha imkoniyatlarini safarbar etishi lozim.
Muzokarada so‘zga chiqqanlar kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan o‘z taklif-mulohazalarini bildirdilar.
O'xshash yangiliklar
-
Qashqadaryoda “O‘zLiDeP bog‘i” yaratildi
30.04.2024, 15:47
-
Tanlovning Urganch shahar bosqichi g‘oliblari aniqlandi
28.07.2023, 15:55
-
Ko‘rik-tanlovning Guliston tuman bosqichi g‘oliblari aniqlandi
27.07.2023, 12:38
-
O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti o‘z lavozimiga kirishdi
14.07.2023, 14:53
-
MDH Parlamentlararo assambleyasi kuzatuvchilari bilan uchrashuv
07.07.2023, 20:42
Fikringizni qoldiring