Imzo yig‘ish jarayoni Orolbo‘yi mintaqasida qizg‘in davom etmoqda

19.05.2023, 18:14

Imzo yig‘ish jarayoni Orolbo‘yi mintaqasida qizg‘in davom etmoqda

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi hududiy va mahalliy kengashlari saylovoldi tadbirlarni amalga oshirishga ulkan mas’uliyatni his etgan holda yondashmoqda.

Imzolarni o‘z vaqtida to‘plash masalasi belgilangan talablarga muvofiq ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida ham samarali tashkil etilmoqda. Jumladan, “Ishga marhamat” mono markazida imzo to‘plash jarayoni bo‘lib o‘tdi. Unda partiya vakillari  saylovchilarga imzo varaqalarini  to‘ldirish tartib-taomillari bo‘yicha ma’lumot berishdi.

Aynan fuqaroning o‘zi pasport yoxud identifikatsiya ID-kartasining seriyasi va tartib raqamini kiritgan holda imzo qo‘ymoqda. Imzo varaqalarini yig‘ish barobarida aholiga saylov jarayonlari haqida ham ma’lumotlar berib borilyapti.

Darhaqiqat, yurtimizda istiqomat qilayotgan har bir fuqaro ushbu jarayonga befarq emasligini imzo to‘plash ishlaridagi faolligi orqali namoyon etmokdalar.

Mazkur jarayon Orolbo‘yi mintaqasida uyushqoqlik bilan davom etdia.

OzLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi

 matbuot xizmati

Teglar
Saylov 2023
  • Ko'rildi
    434
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+