Maqsadimiz “Odamlarni hayotdan rozi qilish uchun barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash”

Maqsadimiz “Odamlarni hayotdan rozi qilish uchun barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash”

To‘raqo‘rg‘on tumani 23-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida O’zbekiston Liberal demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyati bo‘yicha ishonchli vakili Ikromxon Najmiddinov ishtirokida saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Chortoq tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlari, tibbiyot va ta’lim muassasalari xodimlari, boshlang‘ich partiya tashkiloti a’zolari, tuman kengashi deputatlari qatnashdilar.

Uchrashuvni O’z’LiDeP Namangan viloyat Kengashi raisi Solijon Mo‘minov qisqacha kirish so‘zi bilan boshlab berdi. So‘ngra ishonchli vakil Prezidentlikka nomzodning tarjimai holi, saylovoldi dasturida belgilab berilgan beshta maqsadning mazmun-mohiyatini atroflicha tanishtirdi. Jumladan, har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoit yaratish yo‘nalishida 2030 yilgacha maktabgacha ta’limga bolalarni yuz foiz qamrab olinishiga erishish, “Yiliga 500 ming o‘quvchi o‘rni” dasturi, barcha shahar va tumanlarda “Iste’dod –intilish- istiqbol” deb nomlanuvchi maktab-internatlarni tashkil etish kabilarga e’tiborni qaratdi.

Shuningdek, u “Odamlarni hayotdan rozi qilish uchun barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash” maqsadiga to‘xtalar ekan, viloyatda, shu jumladan, Namangan viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha erishilgan natijalar misolida kelgusi yetti yilga mo‘ljallangan vazifalar ko‘lami haqida tushuncha berdi.

Ishonchli vakil suv resurslaridan tejab foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish va bunda jamoatchilikning o‘rni va roli, qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda tomchilatib sug‘orish texnologiyalarining joriy etilishi va bundan kutilayotgan natijalarni ham tahlil qilib berdi. Prezidentlikka nomzodning qolgan ikkita maqsadida belgilab berilgan vazifalar ham uchrashuv ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqan yoshlar, mehnat faxriylari, tadbirkorlar O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi Dasturini, unda belgilangan beshta maqsadni yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlab, barcha saylovchilarni faollikka chaqirdilar.

Teglar
Saylov 2023
  • Ko'rildi
    70
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+