185 ta ish o‘rni yaratgan nukuslik ishbilarmon ayol tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida qatnashadi

27.07.2023, 11:22

185 ta ish o‘rni yaratgan nukuslik ishbilarmon ayol tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida qatnashadi

“Ishbilarmon ayol - 2023” ko‘rik-tanlovining Nukus shahar bosqichi yuqori darajada tashkil qilindi. Unda 15 ga yaqin tadbirkor va hunarmand  xotin-qizlarimiz o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdi.

Hakamlar hay’ati a’zolari tanlov davomida ishtirokchilarning o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishdilar.

- 2008 yildan buyon  yakka tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelaman, - deydi tanlov ishtirokchisi “KUNGRAD AGRO – SOLODKA SISTEM” MChJ rahbari Zamira Xojametova.  - Faoliyatim davomida dastaval 12 nafar kishi bilan ish boshlagan bo‘lsak, hozirgi kunda  ishchilar soni 185 nafarga yetdi. Dastlab Koreya va Xitoy davlatlariga mahsulotlarim eksport qilingan bo‘lsa, hozirgi kunda 14 ta horij davlatlariga mahsulotlarimiz eksport qilinmoqda. Asosan faoliyatimiz qizilmiya ildizidan yasalgan qalamchalarni tayyorlab eksport qilishga mo‘ljallangan.

Qizilmiya ildizidan tashqari chorvachilik va 34 gektar yerga  bog‘dorchilik bilan ham shug‘ullanamiz. 2020 yil Avstriya mamlakatidan Golshteyn naslli mollarni olib kelib xalqni arzon go‘sht va sut mahsulotlari bilan ta’minlab kelyapmiz.

Tanlov yakunida 3-o‘rinni rassomchilik yo‘nalishi bo‘yicha Sayora Kosimbetova, 2-o‘rinni “Oq o‘tov” hunarmandchilik markazi rahbari Bibisara Kunnazarova munosib deb topilgan bo‘lsa, faxrli 1-o‘rin “KUNGRAD AGRO – SOLODKA SISTEM” MChJ rahbari Zamira Xojametovaga nasib etdi.

G’oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi va tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichiga yo‘llanma oldi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    287
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+