Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: yoshlar uchun imkoniyat, imtiyoz va tashabbus

24.08.2023, 14:53

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: yoshlar uchun imkoniyat, imtiyoz va tashabbus

Joriy yilning 18 avgust kuni tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev biz yosh tadbirkorlarga yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tashqi bozorlarda sifatli, talabgorligi yuqori va raqobatbardosh bo‘lishi uchun ishlab chiqarishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqib, keskin o‘sish qilish zarurligini hamda «Yangi O’zbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti» dasturi joriy yilda ham davom ettirilishi va dastur bilan qamrab olinadigan korxonalar soni 500 taga yetkazilshi, ular uchun dasturdagi barcha imtiyozlar davom ettirishi va shu bilan birgalikda davlat eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashni izchil davom ettirishi, logistika xarajatlarini kompensatsiya qilishga qo‘shimcha 100 million dollar yo‘naltirilishini aytib o‘tganliklari biz yosh tadbirkorlarga katta imkoniyat eshiklarini ochdi.

Bundan tashqari, Prezidentimiz kameral nazorat to‘laqonli soliq tekshiruviga aylanib ketganligi va endilikda kameral nazoratda tadbirkordan hujjat talab qilish yoki uni idoraga chaqirish qat’iyan taqiqlanishi, soliqqa oid bitta huquqbuzarlik uchun tadbirkor sifatida moliyaviy jarima, jismoniy shaxs sifatida ma’muriy jarima qo‘llash amaliyotini bekor qilinishi, soliq yoki kredit qarzini undirish bo‘yicha sud qarori chiqarilganda, penya va foizlar hisoblash to‘xtatilishi bo‘yicha takidlab o‘tganliklari ham biz yosh tadbirkorlarga kuch va g‘ayrat bag‘ishladi.

Tadbirkorlar bilan bo‘lgan ochiq muloqotda «kelgusi yillar uchun belgilab olingan reja va dasturlarni amalga oshirish oson bo‘lmasligi, lekin hayot sinovlarida toblangan, so‘zida ham, ishida ham qat’iy, mard va tashabbuskor tadbirkorlar bor ekan, ko‘zlangan marralarga albatta erishamiz» deya ishonch bildirganliklari biz yosh tadbirkorlarni kelajakka bo‘lgan ishonchimizni yanada mustahkamlab shahdam qadam tashlashga chorladi.

Murodjon Ma’diyev,

O’zLiDePdan saylangan Oliy Majlis

Qonunchilik palatasi huzuridagi

Yoshlar parlamenti a’zosi

  • Ko'rildi
    230
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+