Xalq vakillarining faoliyati tahlil qilindi

24.08.2023, 14:54

Xalq vakillarining faoliyati tahlil qilindi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhining nvbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi vakillari, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari, O`zLiDeP tuman Kengashi raislari, Xalq deputatlari  tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi rahbarlari, partiya faollari ishtirok etishdi.

Tadbirda partiya deputatlik guruhlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar, xususan o‘tkazilgan deputatlik guruhlari yig‘ilishlari, yig‘ilishlarda ko‘tarilgan va tuman Kengashi sessiyalariga kiritilgan masalalar hamda ularning hal etilganligi, deputatlarning partiya bilan aloqalari, saylovchilar bilan uchrashuvlari, deputatlar tomonidan okrugdagi muammolarni hal etilganligi to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Jumladan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida deputatlar tomonidan 743 ta dolzarb muammolar hal etildi. Yoshlarimizni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari yuzasidan ular bilan shaxmat, shashka, tennis, futbol, basketbol, volebol sporti turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etilib borildi. Ixtidorli yoshlar orasidan guruhlar tuzib tuman va shahar bosqichlarida tashkil etilgan musobaqalarida qatnashishga erishildi.

“Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolarini hal etish va ularning bandligini ta’minlash borasida ham ijobiy ishlar olib borilgan.

Tadbirda partiya deputatlik guruhlari faoliyatini yanada jonlantirish, kuchli deputatlik nazoratini olib borish, saylovchilar mummolari va murojaatlarini muntazam hal qilib borish kabi masalalarda faollik talab etilishi ta’kidlab o‘tildi.

  • Ko'rildi
    164
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+