“O’zbekiston – 2030” strategiyasi: Yoshlarni zamonaviy kasblar va chet tillariga o‘qitish tizimi takomillashtiriladi

15.09.2023, 13:03

“O’zbekiston – 2030” strategiyasi: Yoshlarni zamonaviy kasblar va chet tillariga o‘qitish tizimi takomillashtiriladi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash sohasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi yaratilib, yoshlarning mahalladan boshlab muammolarini hal etish va zamon bilan hamnafas yoshlar kamol topmoqda.

Davlatimiz rahbarining muddatidan ilgari o‘tkazilgan Prezidentlik saylovida ilgari surilgan g‘oyalari hamda halqimizning ayniqsa yoshlarning takliflari asosida “O’zbekiston–2030” strategiyasi ishlab chiqildi va davlatimiz rahbari farmoni va qarori bilan tasdiqlandi.

Besh muhim yo‘nalish va 100 maqsadni o‘zida mujassam qilgan “O’zbekiston–2030” strategiyasining har bir maqsadida mamlakatning qariyb 19 mln. nafardan ortiq qismiga har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Ayniqsa, har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish yo‘nalishida Yoshlarga oid davlat siyosati va sport yo‘nalishlaridagi islohotlarida yoshlarni zamonaviy kasblar va chet tillariga o‘qitish tizimini yaratish vazifasi ilgari surilgan.

Bugungi kunda Davlat rahbarining tashabbusi bilan “Yoshlar daftari” tizimi shakllantirildi. Mazkur tizim asosida “Kelajak kasblari” loyihasi ilgari surilgan bo‘lib, 11 mingdan ziyod yoshlar (shulardan 8 mingdan ziyod qismi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan) bugungi kunlardagi eng muhim bo‘lgan Ay-Ti, Logistika, Dizayn kabi o‘ngga yaqin kasblar yoshlarga o‘rgatilib kelinmoqda.  Shuningdek 5 mingdan ziyod yoshlarning 13 mlrd. 897 mln. so‘mlik o‘qish harajatlari Davlat budjeti hisobidan qoplab berildi. Bu ham albatta yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga turtki bo‘lmoqda.

Bundan tashqari, xorijiy tillarni o‘rganishni ommaviylashtirish maqsadida “Ibrat farzandlari” loyihasi amaliyotga keng joriy etilgan bo‘lib, 160 mingdan ziyod yoshlar mazkur loyiha doirasidagi 17 ta tilni mustaqil, onlayn o‘rganish imkoniyati yaratilganligi ham ayniqsa qishloq hududlaridagi yoshlarni ham xorijiy tillarini o‘rganishga chorlamoqda.

Strategiyada yoshlarning zamonaviy kasblar bilan mashg‘ul bo‘lishini ta’minlash uchun har bir viloyatda 1 tadan “Kreativ park”lar faoliyatini tashkil etish, ularga yiliga kamida 40 ming nafar yoshlarni jalb qilish ishlarini tashkil etish, shuningdek maktab bitiruvchilari kamida 2 ta xorijiy til va 1 ta kasb egallashini ta’minlash choralarini ko‘rish ilgari surilmoqda.

Ushbu jarayonlarini tashkil etishda bevosita O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va joylardagi Partiya tashkilotlari, Yoshlar parlamenti a’zolari bilan birgalikda kuchli jamoatchilik nazoratini olib borish tizimini yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga ega.

Shuningdek Partiya tashabbusi bilan yangi-yangi loyihalarni tashkil etish jumladan, “O’zLiDeP yoshlar bilan”, “Yoshlar tashabbuslari Forumi” kabi targ‘ibot loyihalari orqali 10 mingdan ziyod yoshlarni zamonaviy kasblarni egallashlariga ko‘maklashish bizning ustuvor vazifamiz.

Abdulla Aslanov

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi

raisi o‘rinbosari

  • Ko'rildi
    588
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+