Samarqandlik talabalarga “O’zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati tushuntirildi

22.09.2023, 15:16

Samarqandlik talabalarga “O’zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati tushuntirildi

O'zLiDeP Samarqand shahar Kengashi tomonidan Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida O'zLiDeP ning  “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda universitetning professor o‘qituvchilari, partiya a’zolari va talaba yoshlar  ishtirok etdi.

Tadbirda O`zLiDeP Samarqand shahar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari F.G’aybullayev tomonidan loyiha hamda O`zLiDePning dasturiy maqsad va vazifalari targ‘ib etilib yoshlarga tushuntirildi va partiya tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar, partiyaga a’zo bo‘lish tartiblari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida talaba yoshlarga “O’zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, ahamiyati tushuntirib o‘tildi.

  • Ko'rildi
    83
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+