Bugun qaysi sohani olmang, o‘sha yo‘nalishdagi islohotlarda xotin-qizlar faol

22.09.2023, 16:37

Bugun qaysi sohani olmang, o‘sha yo‘nalishdagi islohotlarda xotin-qizlar faol

O‘zLiDePning men kabi ko‘plab tadbirkor opa-singillarimizga rag‘bat berayotgan ushbu tanlovida g‘olib bo‘lganimdan mamnunman. Dekorativ sun’iy gullar yasash bilan shug‘ullanadigan oilaviy korxonamizda 50 dan ortiq xotin-qiz mehnat qiladi. Mahsulotlarimiz ichki bozorlarda ancha xaridorgir. Kelajakda tashqi bozorga eksport qilish niyatidamiz.

Orzum nafaqat mahalladoshlarim, balki tumanimizda istiqomat qilayotgan yuzlab xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashdir. Ochig‘i, ko‘pchilik ayollar bola boqish, ro‘zg‘or ishlaridan boshqasini bilishmaydi. Men partiya faoli sifatida ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlashni maqsad qilganman.

Bugun qaysi sohani olmang, o‘sha yo‘nalishdagi islohotlarda xotin-qizlar faol ishtirok etayotgani ayni haqiqat. Boshqacha aytganda, shiddatli davrda har bir masalaga innovatsion yondashmasdan, kreativ fikr yuritmasdan turib, rivojlanishga erishish mushkul. Ayniqsa, xotin-qizlar bilan ishlash va ularga qulay sharoit yaratish jabhasida bunday munosabat nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Shundan kelib chiqqan holda, O‘zLiDeP tomonidan ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning og‘irini yengil qilish nuqtai nazaridan turli loyihalar ta’sirchan tarzda amalga oshirilmoqda.

Amaliyotchi tadbirkor sifatida biz bundan xursandmiz. Va ana shunday tanlovlar yanada ko‘payishi tarafdorimiz.

Gullola MAHKAMBOYEVA,

Andijon tumanidagi Navro‘z mahallasida faoliyat yuritayotgan

oilaviy tadbirkorlik korxonasi rahbari,

taniqli hunarmand va dekorativ sun’iy gullar ustasi

  • Ko'rildi
    165
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+